Ahror Ravshan ijodidan namunalar

Ahror Ravshan ijodidan namunalar

Saytimizning Iqtidorli talabalar sahifasida siz aziz talabalar bilan birgalikda tahsil olayotgan ijodkor, iqtidorli talabalarning ijodlaridan lavhalar berib borishga harakat qilamiz. Bunda siz talabalarning yordamingizga tayanamiz. Kursdoshlaringiz orasida iqtidorli talabalar bo'lsa bizga albatta xabar bering. 

Bugun e'tiboringizga havola qilayotganimiz ijod namunalari fakultetmizning iqtidorli talabasi Ahror Ravshanga tegishli. Ahror ko'p yillardan buyon she'riy mashqlar qilib keladi. Uning ayrim she'rlari allaqachon qo'shiq bo'lishga ham ulgurgan. Ahror Ravshanning ijodiga o'zingiz baho bering.  

"ISHIM TUSHMASIN "

Allohdan o'zgaga tushmasin zorim,
Yoz-u, kuzim o'tib, qishim tushmasin.
Doim gullab tursin fasli bahorim,
Bandaga hech qachon ishim tushmasin.

Meni ko'p kuydirdi lafzsiz do'stlar,
Manfaat istagan hushomat so'zlar.
Mening quchog'imdan yomonlik izlar,
Bandaga hech qachon ishim tushmasin.

Dunyo tashvishlari boshim egsa ham,
Sinovlar yomg'iri yoshim to'ksa ham.
Anduh-u, g'iybatlar qaddim buksa ham,
Bandaga hech qachon ishim tushmasin.

Mayliga kelmasin omadim zarra,
Ko'rinmas bo'lsa-da toledan marra.
Istayman men shuni hatto bir bora,
Bandaga hech qachon ishim tushmasin.

Bermasa bermasin azoblar tinim,
Nomard, hasadgo'yga qolmasin kunim.
Yaxshimi, yomonmi bo'lsahamki kim,
Bandaga hech qachon ishim tushmasin.

Allohdan o'zgaga tushmasin zorim,
Yoz-u, kuzim o'tib qishim tushmasin.
Doim gullab tursin fasli bahorim,
Bandaga hech qachon ishim tushmasin.

 

Qo‘shni qiz

Qo‘shni qiz, qaysar qiz, qaydasiz,
Bahoriy yellardek erka qiz.
Huvillab qoldi-ku yuragim,
Begona yurakka beka qiz.

Jamalak sochligim, pariro‘y,
Ohudek shoshqaloq edingiz.
Yodimdan chiqmaydi siz biram,
O, shaddod qizaloq edingiz.

Esimda beg‘ubor kulgular,
Zuhrodek chaqnagan ko‘zingiz.
Qalbimni eritar edi-da,
Sumalak ta'midek so‘zingiz.

Qo‘shiqlar aytardim men sizga,
Qo‘shiqqa aylandi bayotim.
Ertakdek nihoya topdimi?!
Siz ketgach ertakdek hayotim.

Izlayman Ko‘klamning onida,
Izlarim bosgan ul izingiz.
Siz kabi parivash moh bo‘lib,
Ulg‘ayib qolgandir qizingiz.

Bolalik... Hammasi boshqacha...
Ko‘ksimga sog‘inchlar to‘lyapti,
Men yana Majnuntol bag‘rida,
Siz bilan o‘ynagim kelyapti.

Qo‘shni qiz, qaysar qiz,qaydasiz?!...

Ona

Bir oy bõldi kõrmaganimga,
Ona, seni kõrgim kelyapti.
Maroq bilan tinglab sõzlaring,
Bağringga bosh qõygim kelyapti.

Bir oy bõldi kõrmaganimga,
Õyda sen-la suhbat quraman.
Kastyumimning yon chõntagida,
Suratingni olib yuraman.

Bir oy bõldi kõrmaganimga,
Buncha qiyin sendan olislik.
Yuzlaringni bossang yuzimga,
Ado bõlar dilda ma'yuslik.

Bir oy bõldi kõrmaganimga,
Bir oy gõyo yillarga õxshar.
Kõnglim senga talpinaverar,
Kõnglim seni soğinib yashar.

Bir oy bõldi kõrmaganimga,
Nima qilay?! Kõzga yosh tõlar.
Mehring berib parvarish qilgan,
Rayhonlaring hidlagim kelar.

Bir oy bõldi kõrmaganimga,
Vujudimda soğinch kezadi.
Yõllarimga xõp intizorsan,
Soğingansan, yurak sezadi.

Bir oy bõldi kõrmaganimga,
Ona, seni ko'rgim kelyapti...

***

Nechun g'amgin boqasan Osmon,
Nechun ranjib qaraysan Oyxon.
Yolg'izligim...ajablandingmi?
Nima qilay?! U endi armon.

Nechun hadeb yig'laysan Zuhro,
Achindingmi holimga yomon.
Borolmayman orzular aro,
Nima qilay?! U endi armon.

Nechun buncha zimziyosan tun,
Nechun sening zulmating biyron.
Seni yolg'iz aylamasdik biz,
Nima qilay?! U endi armon.

Oh, bunchalar bag'rim o'yding ishq,
Yuray endi aytgin qay tomon.
Aytgin boshim qayerga uray,
Nima qilay?! u endi armon.

Hoy, sen kimsan?! Notanish kimsa,
Qaydan kelding oh chekkanim on.
Ha tanidim...KETDIKMI XAQQA,
Ketdik, toki sen bo'lma armon !!!

Ahror Ravshan