Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari

Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari

Tadbirni fakultet maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari kirish soʻzi bilan tadbirni ochib berdi. Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad, talaba-yoshlarni toʻgʻri yoʻldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzgʻunchi gʻoya va mafkuralarga qarshi immunitetni shakllantirish, zarur vaqtda ana shunday kuchlarga qarshi maʼrifat ilmi bilan qarshi kurashishni kerakligini tushuntirishdan iborat ekanligini gapirib oʻtish barobarida tadbir mehmonlarini tanishtirib oʻtdi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita masʼul xodimi I.Maʼrupov soʻzga chiqdi va talaba-yoshlarga murojaat qilar ekan, hozirgi kunda shiddat bilan oʻzgarib borayotgan, tahlikali davrda yashayotganligimizni, bir tomondan, uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik, odam savdosi kabi tahdidlar boʻlsa, ikkinchi tomondan gʻoyaviy tahdidlar-axborot xuruji, diniy ekstremizm va missionerlik harakatlari tinchlik va osoyishtalikka oʻz taʼsirini oʻtkazayotganligini, terrorizm va din niqobidagi siyosiy ekstremizm - allaqachon, milliy, etnik, diniy va hududiy xususiyatini yoʻqotib, xalqaro muammoga aylanganligini taʼkidlab, birinchi oʻrindagivazifangiz faqat oʻqib, bilim olib, mamlakatimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshishdan iboratdir, - dedi.

Shuningdek, bugungi kunda islom dinini niqob qilib noinsoniy harakatlarni olib borayotgan terrorchilik tashkilotlari qoʻlida qurol bilan musulmon davlatlarida olib borayotgan xunrezliklar hamda ekstremistik qoʻllanmalar tarqatish orqali dunyo yoshlarini ongini zaharlab oʻzlarining gʻarazli niyatlarini amalga oshirishayotligini taʼkidladi.

Hozirgi vaqtda islom dinini niqob qilib, oʻzlarini musulmonman, deya qoʻporuvchilik, terrochilik harakatlarini olib borish jarayonida begunoh odamlarning oʻlimiga sababchi boʻlayotgan manfur kimsalarning qilmishlari haqida talabalarga batafsil tushuntirib berdi. Shuningdek, bugungi kun yoshlarining qay darajada bilimli va vatanimiz kelajagi uchun oʻzining yaxshi xulqi, bilimi, oʻz kasbining mohir ustasi boʻlib yetishish lozimligini, shuning bilan birga doimo ogoh boʻlgan holda har birimiz yurtimizning tinchligi uchun masʼulmiz, deya taʼkidlab oʻtdi.