Fakultetda “Biz OITSga qarshimiz” shiori ostida marafon tashkil etildi

Fakultetda “Biz OITSga qarshimiz” shiori ostida marafon tashkil etildi

1 dekabr – OITSga qarshi kurash kun munosabati bilan ingliz tili birinchi fakulteti dekanati va fakultet yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti bilan hamkorlikda “Biz OITSga qarshimiz” shiori ostida marafon tashkil etildi. Tadbirning tantanali ochilish qismida faukltet dekani A.Yuldashev soʻzga chiqib, quyidagi fikrlarni bildirib oʻtdi. “Bugungi kunda aholi oʻrtasida sport va sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida juda koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Aynan shunday tadbirlarning davomi sifatida bugun ushbu marafon tashkil etildi. Umid qilamizki, siz talabalar ushbu tadbirdan soʻng ham sport bilan shugʻullanishni davom ettirib, doimiy hayot tarziga aylantirasiz.

Qizlar oʻrtasidagi marafonda quyidagi talabalar faxrli oʻrinlarni egallashdi:

1. Husanboyeva Gulzira 
2. Nusratova Dilnavo
3. Xurramova Yulduz

Yigitlar oʻrtasida oʻtkazilgan marafonda quyidagi talabalar faxrli oʻrinlarni egallashdi:

1. Gʻayratillayev Doston
2. Olimov Salohiddin
3. Abdurahmatov Jasur