"Hayotbaxsh islohotlar bardavom bo'ladi"

"Hayotbaxsh islohotlar bardavom bo'ladi"

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni parlamentga murojaat qildi. Prezidentimizning ushbu nutqining mazmun-mohiyatini barchaga keng koʻlamda yetkazish maqsadida joylarda turli targʻibot va tashviqot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Aynan shunday targʻibot tadbirlaridan biri 9 yanvar sanasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida oʻtkazildi. Tadbirda fakultetda faoliyat olib borayotgan barcha professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi. Tadbirni universitet fakultet dekani olib bordi va barchaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasi haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi.

"Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev parlament vakillariga yoʻllagan Murojaatnomada yakuniga yetayotgan 2018 yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusi 2019 yilda mamlakatimizni taraqqiy ettirish, xalqimizning turmush farovonligini yanada oshirish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab berildi”, - deb fikr bildirdi A. Yuldashev.

Shundan soʻng Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar doktori, professor N.Joʻrayev barchaga murojaatnoma haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi. Davlatamiz rahbarining ushbu Murojjatnomada 2019 yilni – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb eʼlon qilganligi hamda ushbu yilda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish uchun bir qator vazifalarni belgilab berganligini, ushbu vazifalarni amalga oshirishda har bir fuqaro masʼul ekanligi taʼkidlab oʻtildi.

“Murojaatnomadan dastlabki xulosa shuki, yoshlarga taʼlim berayotgan oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashga masʼul insonlar sifatida oldimizda katta vazifalar turganini yanada chuqurroq his etdik. Faoliyatimizni olib borishda tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik kundalik qoidamizga aylanishi lozim. Shulardan kelib chiqqan holda, oʻz ustimizda ishlashimiz, yoshlarni kelajakda yurtga foydasi tegadigan muhim kadr boʻlishida hissamizni qoʻshishimiz, muhimi, har bir ishni amalga oshirishda oʻzimizga nisbatan qatʼiyat va talabchanlik koʻrsatishimiz zarur” deb taʼkidladi N.Joʻrayev.