Ingliz tili integrallashgan kursi 1 kafedrasi

Ingliz tili integrallashgan kursi 1 kafedrasi

Xamzayev Sobir Amirovich
Lavozimi: Kafеdra mudiri
Qabul vaqti: chorshanba va juma 14:00 - 16:00 
Tеlеfon: +998 97 464 78 29
E-mail: SobirKhamzayev@mail.ru

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-son, 2013 yil 23 maydagi “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1971-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2013 yil 13 avgustdagi 222-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2015 yil 6 apreldagi 83-son qarorlarini amalga oshirish maqsadida Ingliz tili integrallashgan kursi kafedrasi 2017 yilda tashkil topgan. Kafedradagi professor-o‘qituvchilar quyidagi oltita fandan dars beradilar:
1. Chet tilini o‘qitishning integrallashgan kursi
2. Mamlakatshunoslik
3. Til aspektlari amaliyoti
4. O‘qish-yozish amaliyoti
5. Xorijiy tilni o‘qitishda axborot-kommunikatsion texnologiyalar
6. Til ko‘nikmalari integratsiyasi.

Kafedra tashkil topgan paytdan Ibrohimxo‘jayev I, Abdukadirova Gulbahor, Boltayeva Durdona, Sultanova Dilnoza, Rahmonova Mahfuza kabi o‘qituvchilar 2-kurs talabalariga xorijiy til o‘qitish malakalarini yosh o‘qituvchilarga o‘rgatib kelmoqdalar. Katta o‘qituvchilar o‘z malakalariga tayanib yuqorida tilga olingan fanlarga kerakli bo‘lgan darsliklar va majmualar yaratib kelmoqdalar. Bu adabiyotlar talabalar va o‘qituvchilar tomonidan iliq kutib olinyapti.  Universitet rahbariyati kafedra professor-o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ayrim o‘qituvchilarni chet elga malaka almashish uchun xizmat safariga yubormoqda.
Ingliz tili integrallashgan kursi №1 kafedrasida quyidagi 28 ta professor-o’qituvchilar faoliyat yuritadi:

Ibragimxodjayev Ismoilxo‘ja Yunusxo‘jayevich (Dotsent)
Abdukadirova Gulbaxor Bekmuratovna (katta o’qituvchi)
Raxmonova Maxfuza Saparliyevna (katta o’qituvchi)
Sultanova Dilnoza Saliyevna (katta o’qituvchi)
Axmedxodjayev Mamnun Yusupovich
Aliyeva Dilorom Xolmatovna
Boltayeva Durdona Baxodirovna
Dadaboyev Dilshod G‘aybullo o‘g‘li
Ibragimova Shaxnoza Xalilovna
Irgasheva Zulfizar Xatamovna
Karimshikov Sabriddin Azimovich
Lapasov Nizomiddin Shakarboyevich
 Madaminova Xosiyat Rayimovna
Maqsudova Nilufar Abdurasulovna
Mansurova Nafisa Qamariddinovna
Yusupova Nafisa Karimullayevna
Narimanova Jamola Yuldashbayevna
Sobirjonova Jamila Ravshan qizi
Turg‘unova Shaxnoza Tursunboyevna
Urazaliyeva Madina G‘ofurovna
Uralova Hilola Azamatovna
Usmonova Gulrux Shokirovna
Ergashev Qaxramon Tirkashovich
Avezov Elbek Turayevich
Kulmamatov Komil Dusmamatovich
Nazarova Madina Ataxanovna
Egamov Sohib Omonovich
Kafedraning bosh vazifalari quyidagilardan tashkil etadi:
kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlar yuzasidan shaxsiy rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
malakali professor-o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va ularni dars jarayoniga tatbiq etish.
oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofik tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan ma’ruzalar, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy, uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mustaqil ishlariga raxbarlik qilish;
ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini ta’minlash;
tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va keyingi bosqichlarga tavsiya etish;
talabalar bilimini reyting tizimi asosida haqqoniy baholash;
talabalarning nazariy bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan bog‘lash uchun shart-sharoit yaratish;
kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarini muhokama qilish;
nodavlat ta’lim muassasalari buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
talabalarning nazariy bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan bog‘lash uchun shart-sharoit yaratish.