Ingliz tilini oʻqitish metodikasi 1 kafedrasi

Ingliz tilini oʻqitish metodikasi 1 kafedrasi

Kafedra mudiri: Paluanova Xalifa Darebayevna

Lavozimi: Kafedra mudiri

Qabul vaqti:Seshanba va Payshanba (14.00-16.00)

Telefon: +998 90 594 06 76

E-mail: halifa82@mail.ru

 

Kafedra tarixi:1995 yil I Ingliz Filologiyasi fakulteti tashkil topdi. Fakultet dekani lavozimiga Ubaydullayev M.Yu. tayinlandi va fakultet qoshida “Ingliz tili fonetikasi va fonologiyasi” kafedrasi ochilib Shatunova A. S. kafedra mudiri etib tayinlandi. 2017 yil 1-sentyabrda “Ingliz tili fonetikasi va fonologiyasi” kafedrasi asosida “Ingliz tilini oʻqitish metodikasi” kafedrasi tashkil etildi. Kafedrada 16 nafar professor-oʻqituvchi shulardan, yuqori malakali katta oʻqituvchilar Ibragimova Z.N., Umarova M.B., Salimova N.M., Achilova R.T., Azimov A.X., Usmanova R. va pedagogika fanlari doktri, dotsent Riskulova K.J. xamda filologiya fanlari doktori, dotsent Paluanova X.D. faoliyat olib bormoqdalar.

Ingliz tilini oʻqitish metodikasi kafedrasida 16 ta professor-oʻqituvchi faoliyat yuritadi: 

Risqulova Kamola Djumayevna-Pedagogika fanlari doktori 

Ibragimova Zarifa Nabiyevna – katta oʻqituvchi 

Achilova Rano Toshpulatovna- katta oʻqituvchi 

Umarova Munira Boxodirovna-katta oʻqituvchi 

Salimova Nozima Mirsobitovna-katta oʻqituvchi

Usmanova Roziya Maxammadjonovna-kattaoʻqituvchi

Azimov Azamat Xayrullayevich-katta oʻqituvchi

Alimardonova Malika Botir qizi-oʻqituvchi

Zakirova Nigora Alimdjanovna-oʻqituvchi

Ortiqova Iroda Shuxratbekovna-oʻqituvchi

Raupova Muxayyo Nosirovna –oʻqituvchi

Sulaymonova Dilafruz Akmalovna-oʻqituvchi

Jumaqulov Shamsiddin Raxmatilla oʻgʻli-oʻqituvchi

Saidov Ravshan Tursunovich-oʻqituvchi

Sheraliyeva Shirin Abdusalomovna-oʻqituvchi

Kafedraning asosiy maqsadi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ustuvor vazifalarini taʼminlash doirasida zamon talablariga javob beruvchi va jahon andozalariga mos yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat.

Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofik tuzilgan oʻquv rejalarda belgilangan maʼruzalar, amaliy va boshqa turdagi mashgʻulotlarni yuksak nazariy, ilmiy, uslubiy va kasbiy darajada oʻtkazish;
  • talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mustaqil ishlariga raxbarlik qilish;
  • talabalar bilimini reyting tizimi asosida adolatli baholash;
  •  talabalarning nazariy bilim va koʻnikmalarini amaliyot bilan bogʻlash uchun shart-sharoit yaratish;
  • kafedra fanlari boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan oʻquv dasturlarini muhokama qilish;
  • darslik, oʻquv, uslubiy va koʻrgazmali qoʻllanmalarni tayyorlash va nashr etiladigan boshka darslik, oʻquv qoʻllanma va oʻquv-uslubiy adabiyotlarni muhokama qilib borish;
  • nodavlat taʼlim muassasalari buyurtmalari boʻyicha zaruriy oʻquv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
  • iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni fan olimpiadalariga, turli tanlovlarga tayyorlash, ilmiy izlanishlar olib borishi va mustaqil taʼlim olishining shakl va uslublarini takomillashtirish;
  • kafedra professor-oʻqituvchilariga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun shart-sharoit yaratish;
  • tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va keyingi bosqichlarga tavsiya etish;
  • taʼlim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini taʼminlash;
  • kafedra professor-oʻqituvchilarining oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy va tashkiliy ishlar boʻyicha shaxsiy rejalarini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
  • tajribali professor-oʻqituvchilarning ish tajribalarini oʻrganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻzlashtirish va ularni dars jarayoniga tatbiq etish.

Bakalavriat yoʻnalishi: 5111400 – xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili va adabiyoti)

Kafedrada oʻqitiladigan fanlar:

1. Chet tili oʻqitish metodikasi va talim texnologiyalari.

2. Tarjima nazariyasi va amaliyoti.

3. Oʻqish va yozish amaliyoti.

4. Chet tillarini oʻqitishning integrallashgan kursi.

5. Qiyosiy tipologiya

Kafedraning hamkor tashkilotlari:

  • Toshkent davlat Stomatologiya instituti
  • Toshkent shaxar Bektemir tumani 293-sonli umumiy oʻrta talim maktabi
  • Piskent qurilish va milliy xunarmandchilik kasb-xunar kolledji
  • Toshkent pedagogika kolledji

Kafedraning ilmiy yoʻnalishi:

Ingiliz tilini oʻqitish metodikasi kafedrasida rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari quyidagi ustuvor yoʻnalishlarda olib borilmoqda:

1. 13.00.02 - Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

Ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedraning ilmiy yoʻnalishi:

Ingiliz tilini oʻqitish metodikasi kafedrasida rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari quyidagi ustuvor yoʻnalishlarda olib borilmoqda:

1. 13.00.02 - Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

Ilmiy-tadqiqot ishlariga kafedraning barcha professor-oʻqituvchilari va mustaqil tadqiqotchilar jalb etilgan. Hozirgi kunda har bir kafedra aʼzosi oʻziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Shu bilan birga kafedraning uch nafar oʻqituvchisi universtetning mustaqil izlanuvchisi sifatida oʻzining ilmiy faoliyatini boshladi. Ilmiy tadqiqot ishlari va erishilgan natijalar har oyda kafedra yigʻilishlarida muhokama etilmoqda.

Kafedra aʼzolari respublika va xorij ilmiy jurnallari va ilmiy-amaliy konferensiya toʻplamlarida maqola va tezislar chiqarmoqdalar.