Kitob – maʼnaviyat koʻzgusi

Kitob – maʼnaviyat koʻzgusi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi "Kitob maxsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot qilish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisida”gi farmoyishi ijrosidan kelib chiqib, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari oʻrtasida kitob mutolaasiga boʻlgan eʼtibor kengayib bormoqda. Talabalarning bilim olishga qiziqishlarini shakllantirish, ularda mutolaa madaniyatini tarbiyalash, kitobxonlikni rivojlantirishga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish maqsadida joriy yilning 30-31 yanvar kunlari “Kitob – maʼnaviyat koʻzgusi” shiori ostida kitoblar yarmarkasi tashkil etildi. Kitob yarmarkasida Sharq nashriyoti oʻz kitoblari bilan ishtirok etdi. Yarmarka doirasida nashriyot 300 dan ziyod badiiy va ilmiy kitoblar, turli qoʻllanmalar savdosini tashkil etishdi. Talabalar jahon va oʻzbek adabiyoti durdonalarini juda katta qiziqish bilan xarid qildilar. Mazkur yarmarkani oʻtkazishdan asosiy maqsad talabalarning boʻsh vaqtlarida kitob mutolaa qilishlariga qiziqtirish va sharoit yaratish, kitobxonlikni eng muhim madaniy ehtiyoj sifatida ommalasht irish, yoshlarda kitobxonlikka boʻlgan mehrni oʻygʻotish, oilada va taʼlim muassasasida mutolaa muhitini yuzaga keltirish va ijodkor talabalarni taqdirlashdan iborat. Bu tadbir yoshlarning kitobga qiziqishini yanada oshirish, noshirlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.