“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayyotimizning huquqiy asosi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar

 “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayyotimizning huquqiy asosi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar

2018 yilning 7 dekabr kuni soat 13:00 da ingliz tili birinchi fakultetida ingliz tilini oʻqitish metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi M.Alimardonova tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayyotimizning huquqiy asosi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi. Tadbirda ingliz tilini oʻqitish metodikasi 1 kafedrasi professor-oʻqituvchilari, toʻrtinchi bosqich talabalari, universitet maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi E.Boborajabov, pedagogika fanlari doktori, professor A.Musurmanova, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutining “Harbiy orkestr va ansambl” jamoasi hamda harbiy xizmatchilar M.I.Maxsadov, Z.Sh.Alimardonov shuningdek, 4-bosqich kursantlari U.A.Zamonbekov va Yu.M.Xoʻjayevlar ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda erishilgan barcha yutuqlar, xususan, davlat hokimiyati va boshqaruvining samarali mexanizmlari joriy etilishi, fuqarolik jamiyati asoslarining vujudga kelishi va rivojlanishi, inson huquqlari va erkinliklarining taʼminlanishi, erkin bozor iqtisodiyoti yoʻliga oʻtilishi Bosh qomusimiz va u asosida qabul qilingan qonunlarning izchil amalga oshirilishi natijasida qoʻlga kiritilgani taʼkidlandi. 
Oʻtgan yillarda mamlakatimiz taraqqiyot bosqichlariga hamohang tarzda Konstitutsiyamizga muayyan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Xususan, soʻnggi yillarda Bosh qomusimizga kiritilgan oʻzgartirishlar mamlakatimizni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarni hamda yurtimizda demokratlashtirish va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini kuchaytirishga xizmat qilayotganligi taʼkidlandi. 
Davra suhbatida Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, uning demokratik huquqiy davlat barpo etish va inson manfaatlarini taʼminlashdagi ahamiyati, Bosh qomusimizning xalqchilligi, xalqaro huquq normalariga mosligi haqida maʼlumot berildi hamda talabalar bilan ularning Konstitutsiyamiz boʻyicha bilimlarini tekshirish maqsadida viktorina oʻtkazildi. Viktorinada faol ishtirok etgan talabalarga maʼruzachilar tomonidan sohaga oid kitoblar sovgʻa qilindi.

Tadbirning badiiy qismida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutining “Harbiy orkestr va ansambl” jamoasi tomoniday kuy qoʻshiqlar ijro etilib barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashildi. Davra suhbati yakuniy qismida universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovgʻalari taqdim etildi.