Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat rivojining garovidir

Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat rivojining garovidir

Toshkent davlat yuridik universiteti Til oʻrgatish kafedrasi katta oʻqituvchisi N.Mustafayeva, oʻqituvchilar N.Jumaniyozova, Ch.Fayzulloyeva va 2-kurs JXF yoʻnalishi talabalari J.Jabborov, J.Boboyev, J.Mahmudov, D.Tillayevlar “Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat rivojining garovidir” mavzusida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili birinchi fakulteti 3-bosqich talabalariga maʼruza hamda davra suhbati oʻtkazildi. Maʼruzachilar davra suhbati davomida quyidagilarga talabalar eʼtiborini qaratdi: “Dunyo afkor ommasini oʻylantirayotgan global muammolardan biri korrupsiyadir. Korrupsiya har bir mamlakatning milliy davlatchilik asoslariga, siyosiy va iqtisodiy xavfsizligiga jiddiy xavf tugʻdiradi. Shu bilan birga, fuqarolarning ijtimoiy adolatga, haqiqatga va davlat organlariga boʻlgan ishonchini susaytiradi. Hozirgi paytda poraxoʻrlik muammosiga dunyodagi hech bir davlatida butkul barham berilgan emas. Ammo bu ushbu illatga qarshi kurash olib borilmayapti, degan maʼnoni bildirmaydi. Har bir davlatning qonunchiligida poraxoʻrlik ijtimoiy xavfli qilmish sifatida qoralanadi va buning uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Mamlakatimizda ham mazkur muammoga qarshi kurash masalasiga jid­diy eʼtibor qaratilgan. Bugungi davra suhbatimiz ham ayni mana shunday illatlarga qarshi kurashish va uning oldini olish masalasida takshil etildi.” Korrupsiyaga qarshi kurashda jahon mamlakatlari tajribasini oʻrganish shuni koʻrsatadiki faqatgina jinoiy qonunchilikni ogʻirlashtirish yoʻli bilan bu salbiy illatga qarshi kurashib boʻlmaydi (XXR da juda koʻp miqdorda pora olganlik uchun oʻlim jazosi mavjud). Bu illatni yengish uchun birinchi navbatda aholining huquqiy savodxonligini oshirish lozim boʻladi. Ayni shu masalada siz talabalar ham hushyor boʻlib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga koʻmaklashsangiz nur ustiga aʼlo nur boʻlar edi.

Maʼruza soʻngida yigʻilishda ishtirok etayotgan universitet oʻqituvchi va talabalari oʻzlarning mavzuga oid fikr-mulohazalarini bildirib oʻtishdi va yigʻilish yakunida universitet oʻqituvchilari va talabalarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.