“Oliy taʼlimni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: xalqaro tajribalar va Oʻzbekiston amaliyoti”

“Oliy taʼlimni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: xalqaro tajribalar va Oʻzbekiston amaliyoti”

Fakultetda “Oliy taʼlimni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: xalqaro tajribalar va Oʻzbekiston amaliyoti” mavzusida taqdimot muhokamasi o'tkazildi. Yigʻilishni fakultet dekani A.Yuldashev ochib berdi va bugungi kunda davlatimiz rahbari boshchiligida barcha sohalar qatori taʼlim tizimida ham bir qator islohotlar olib borilayotganini hamda ushbu islohotlar oʻzining ijobiy natijasini berib bugungi kunda tizimda sezilarli oʻzgarishlar yuz berganini alohida taʼkidlab oʻtdi. Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan taqdim etilgan taqdimot boʻyicha tarix fanlari doktori, professor D.Bobojonova maʼruza qildi. Maʼruza davomida D.Bobojonova sohaga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha hamda vazirlik tomonidan qator normativ hujjatlar ishlab chiqilganligini qayd etdi. Shuningdek, oliy taʼlim tizimida oʻtgan uch oʻquv yili davomida respublikamizda OTMlar soni 77 tadan 95 taga oshganini, qabul kvotalari soni esa qariyb ikki baravrga oʻsganini, 2018-19 oʻquv yilidan boshlab kechki, sirtqi va muxsus sirtqi taʼlim joriy etilganini aytib oʻtdi. Yigʻilishda bitiruvchilarni oliy taʼlim bilan qamrab olish 20% oshgani, 2018 yilda esa 16 ta yangi OTM tashkil etilgani taʼkidlandi.

Oliy taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi oʻzaro innovatsion-korporativ hamkorlik modeli ishlab chiqilib bugungi kunda ushbu model asosida ishlar samari tashkillashtirilgani tahsinga sazovor. Shu bilan birga 2018 yil 18-19 oktyabr kunlari Toshkent shahrida Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi oʻtkazilganligi va ushbu forum davomida koʻplab kelishuvlar imzolanganligi va shu asosida Rossiyaning nufuzli 6 OTM Oʻzbekistonda oʻz filialini ochayotganligi sohada qilingan eng samarali ishlardan biridir. Taqdimot davomida OTMlar imidjini mustahkamlash, professor-oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish borasida xalqaro tajribalarga tayanib ish olib borilayotganligi aytib oʻtildi. 

Taqdimot muhokamasi yakunida fakultet dekani A.Yuldashev yangi oʻquv yilidan boshlab fakultetda Moskva davlat lingvistika universiteti filiali ochilayotganligini aytib oʻtdi.