O'zDJTUda "Koreya burchgai" tashkil etildi

O'zDJTUda "Koreya burchgai" tashkil etildi

Bugun, 7 dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Koreya madaniyatini, shuningdek, talaba-yoshlar oʻrtasida koreys tilini oʻrganishni targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan “Koreya burchagi”ning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ochilish marosimida OʻzDJTU rektori Gʻanisher Rahimov hamda Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulotda va Muxtor elchisi Kvon Yon-U janoblari soʻzga chiqi, tashkil etilgan “Koreya burchagi” zamonaviy talablarga mos holda jihozlangani, bu yerda talabalarning bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganiligini alohida taʼkidlashdi.

Shundan soʻng tomonlar oʻrtasida “Koreya burchagini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Rasmiy ochilish marosimi mavzu doirasidagi madaniy tadbirga ulanib ketdi.