Partiya vakillari bilan uchrashuv

Partiya vakillari bilan uchrashuv

9 yanvar sanasida faollar zalida Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Uchtepa tumani kengashi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Ushbu uchrashuvdan koʻzlangan maqsad professor-oʻqituvchilarga partiya, uning vazifalari, maqsadi, gʻoyasi hamda amalga oshirgan ishlari haqida qisqacha hisobot va maʼlumot berish va professor-oʻqituvchilarning taklif va mulohazalarini tinglashdan iborat. Partiyaning Uchtepa tumani vakili M.Rajabova soʻzga chiqib bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, xalqchil siyosat barchaga manzur boʻlayotganligini, ushbu islohotlarni amalga oshirishda davlat rahbarining yonida turib kamarbasta boʻlish davlat va millat taqdiriga befarq boʻlmagan har bir fuqaroning burchi ekanligini taʼkidladi. Tadbir davomida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruzasi hamda Parlamentga yoʻllagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati xususida batafsil tushuncha berildi. Taʼkidlandiki, mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni hamda aholi farovonligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar davlat qurilishi, ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va gumanitar sohalarda yaqqol oʻzining ifodasini topmoqda. Tadbir yakunida professor-oʻquituvchilarning partiya faoliyatiga oid savollariga javoblar berildi.