SAYDI UMIROV: “CHINGIZ AYTMATOV – ZAMONAMIZNING DAHO ADIBI”

SAYDI UMIROV: “CHINGIZ AYTMATOV – ZAMONAMIZNING DAHO ADIBI”

Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ARMning “Kitob targʻiboti xaftaligi” doirasida “Chingiz Aytmatov – zamonamizning daho adibi” mavzusida adabiyotshunos olim, taniqli ustoz jurnalist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi, yozuvchilar va jurnalistlar ijodiy uyushmalari aʼzosi, “Oltin qalam” mukofoti sohibi, olim, publitsist Saydi Umirov hamda universitet Ingliz tili 1- va 3-fakultetlari birinchi bosqich talabalari uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

 

Uchrashuv davomida ibratli hayot yoʻli sohibi Saydi Umirov daho adib – Chingiz Aytmatovning shaxsi va uning ijod dunyosi xaqida qiziqarli, yanada ehtirosli tarzda oʻzgacha muhabbat bilan soʻzlab berdilar.

Tadbir mehmoni koʻp yillik ijodiy faoliyati, uzoq yillik muntazam oʻqish-oʻrganishlari, kuzatishlari, tahlillari mahsuli boʻlgan “Chingiz Aytmatov – publitsist va munaqqid”, “Dorilfununlar taqdirimda” hamda “Sehrli va mehrli soʻz” kitoblarini taqdimotini ham oʻtkazdilar.

 

Tadbir soʻngida ARMga “Mashhur adib, soʻz sehrgari Chingiz Aytmatov muhlislariga”, “Qadrdon dargohim – OʻzDJTU kutubxonasiga”, “Jahon tillari universiteti jamoasi – qadrdon hamkasblarim, talaba va magistrlarga ehtirom bilan muallifdan 2019 yil, 27 fevral” degan esdalik yozuvlari bilan 3ta kitob taqdim etdilar.