“Tarbiya – hayotiy zaruriyat”

“Tarbiya – hayotiy zaruriyat”

2019 yil   27 mart kuni   OʻzDJTU ingliz tili birinchi fakulteti rahbariyati va oʻzbek tili kafedrasi  katta oʻqituvchisi M.Sharipova tomonidan olim, yozuvchi va publitsist Obiddin Mahmudovning  “Farzandnoma” asari asosida “Tarbiya – hayotiy zaruriyat” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.  Tadbirni universitet rektori Gʻ.X.Rahimov kirish soʻzi bilan ochdi. Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari Nuriymon Abulhasan “Hayot haqiqati – tarbiya, tarbiya va yana tarbiya” mavzusida, Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori, Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova “Dil bilan dildan suhbat” mavzusida maʼruza qildilar. Professor N.Joʻrayev va  “Farzandnoma” asari muallifi Obiddin Mahmudov soʻzga chiqdi. Tadbir soʻngida OʻzDJTU ingliz tili birinchi fakulteti dekani A.Yuldashev nutq soʻzladi. 
Tadbir davomida  talabalarga Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi aʼzolari Dilshod Jumanazarov va Odil Nabijonov   “Farzandnoma” asari asosida tayyorlagan “Toʻgʻri boʻlgan oʻgʻri” nomli sahna koʻrinishi namoyish etildi.  “Tarbiya – hayotiy zaruriyat”,“Vatanparvarlik – oliy fazilat”, “Noqobil farzand” nomli videoroliklar ham namoyish etildi.