Xitoy maktablari haqida qiziqarli maʼlumotlar

Xitoy maktablari haqida qiziqarli maʼlumotlar

Xitoyda yashash oson emas. Aholisi koʻp boʻlgan mamlakatda oʻz kunini koʻrish uchun tinimsiz mehnat qilishga toʻgʻri keladi. Biroq xitoylik bolalar bunga tayyor ―ularning ogʻir mehnati birinchi sinfdan boshlanadi.

Oʻz vaqtida men toʻrtta xitoy maktabida ingliz tilidan dars berganman (kung-fu maktabida trener ham boʻlganman). Shu sababli ularning maktabini taqqoslash juda qiziq.

1. Koʻplab Xitoy maktablarida isitish quvurlari yoʻq, shu sababli ustoz va oʻquvchilar ustki kiyimni yechishmaydi. Markazish isitgichlar mamlakat shimolida mavjud. Xitoyning markaziy va janubiy qismi ilik iqlimga moslashgani uchun juda ham sovuq havoda konditsionerlarni yoqish mumkin. Maktab formasi ― sport kiyimi: keng ishton va qalin kurtka. Forma deyarli barcha yerda bir xil. Maktabning barcha hududi katta temir darvozalar bilan oʻralgan. Ular faqat bolalarning darsi tugaganida ochiladi.

2. Xitoy maktablarida har kuni badantarbiya va umumiy yigʻilish qilishadi. Yigʻilishlarda davlat yoki maktab bayrogʻi koʻtarilib, muhim xabarlar aytiladi. Uchinchi darsdan soʻng barcha koʻzlarni chalgʻitish uchun turli mashqlar bajaradi.

Szinan shahridagi maktab oʻquvchilari tomda mashq bajarishadi.

3. Katta tanaffus asosan tushlik qilish uchun moʻljallangan va u bir soatga choʻziladi. Bu vaqt ichida bolalar oshxonaga kirib (agar maktab oshxonasi boʻlmasa, ularga maxsus qutilarda taom keltirishadi) ovqatlanishadi va dam olishadi. Barcha maktab oʻqituvchilariga toʻyimli taomlar bepul beriladi. Tushlik odatda, goʻshtli va ikkita sabzavotli taom, guruch va shoʻrvadan tashkil topadi.Qimmat maktablarda mevalar va yogurt ham beriladi. 4. Mazali va toʻyimli tushlikdan soʻng kichik sinf oʻquvchilariga 5 daqiqa mizgʻib olishiga vaqt beriladi. Darvoqe, bir vaqtda oʻquvchilarim darsda uxlab qolganida ularni yurak qonini quyib uygʻotishga toʻgʻri kelgan.

4. Oʻqituvchilar juda ham qadrlanadi. Ularni ismlariga “ustoz” qoʻshimchasini qoʻshib chaqirishadi. Bir maktabda oʻquvchilar ― mening oʻquvchilarim yoki boshqaning farqi yoʻq, ― meni koʻrgach taʼzim qilishdi. Koʻplab maktablarda tartibsizlik uchun jismoniy jazo qoʻllaniladi. Oʻqituvchi qandaydir ayb ish uchun oʻquvchini qoʻl bilan urishi mumkin. Mening xitoylik dugonam aytishicha, ularga ingliz tilini oʻrganishlari uchun maʼlum muddat berilgan va yodlanmangan soʻzlar uchun ularni tayoqchada urishgan.

5. Xonalarda oʻquvchilarning oʻzlashtirish reytingi osib qoʻyiladi va bu ularning yanada yaxshi oʻqishiga turtki boʻladi. A dan Fgacha boʻlgan baholar ichida eng yuqorisi A ― 90―100 foizli koʻrsatkich, F esa ― eng qoniqarsiz 59 foizdir. Yaxshi xulq ― taʼlim tizimining muhim qismi. Masalan, toʻgʻri javob yoki namunali xulq uchun darsda oʻquvchi bir xil rangli yulduzcha yoki qoʻshimcha ball oladi. Darsda gaplashib oʻtirganlarning ballari olib tashlanadi.

6. Xitoylik bolalar har kuni 10 soatdan koʻproq oʻqishadi. Darslar odatda, tonggi sakkizdan kunduzgi uch-toʻrtgacha davom etadi. Keyin esa ular uyiga qaytib, yana kechki soat oʻngacha uy vazifalarini bajaradi. Katta shaharda dam olish kunlari repititor bilan qandaydir qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkaziladi, bolalar musiqa, sanʼat va sport toʻgaraklariga qatnashishadi. Bolalik chogʻidanoq raqobat kuchliligi sababli ular doim ota-ona taʼqibi ostida boʻlishadi. Agarda bolalar boshlangʻich maktab imtihonidan yaxshi oʻta olishmasa, ularning universitetga kirishi talab qilinadi.

7. Maktablar xususiy va davlat taʼlim dargohiga ajratilgan. Xususiy maktablarda tahsil olish oyiga minglab dollarga aylanishi mumkin. Asosiy eʼtibor chet tillarini oʻrganishga qaratiladi. Shu sababli yuqori toifali maktab oʻquvchilari beshinchi sinfidayoq ingliz tilida erkin soʻzlasha oladi. Shuningdek, Shanxayda maxsus davlat dasturi asosida chet ellik oʻqituvchilar oddiy davlat maktablarida dars berishadi.

8. Taʼlim tizimi yodlab olishga asoslangan. Bolalar shunchaki katta hajmdagi matnlarni yodlab olishadi. Oʻqituvchilar esa ularni yoddan aytib berishni soʻrashadi va mavzu qanchalik tushunarli boʻlganiga eʼtibor qaratishmaydi. Biroq hozirda alternativ taʼlim tizimi (bolalardagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan Montessorlar yoki Valdorf) katta shuxrat qozonmoqda. Albatta, bu kabi maktablar toʻlovi katta boʻlib, unda juda kam inson farzandini oʻqita olishga imkon topa oladi.

9. Juda ham quloqsiz yoki oʻqishni istamaydigan kambagʻal oila farzandlarini koʻpincha umumtaʼlim maktablaridan olib ketishadi va kung-fu maktablariga yuborishadi. Ular u yerda ertalabdan kechgacha mashq qilishadi. Agarda omad kulib boqsa, boshlangʻich taʼlimni ham oʻrganishadi: ular juda qiyin boʻlgan xitoy tilida yoza olishi, oʻqishi kerak boʻladi.

Bunday taʼlim maskanlarida ustozlar shogirdlarni ayamay kaltaklashadi. Biroq evaziga ota-onalar tartibli va kung-fu murabbiyi darajasiga yetgan farzandni qarshi olishadi.

Qayerda tahsil olishdan qatʼi nazar, ular uchta asosiy sifatni oʻzlashtirishga harakat qilishadi: mehnat qila olish, tartibga rioya qilishi va yoshi katta insonlarga hurmatda boʻlish.

Ularni yoshlikdan oʻz sohalarining eng yaxshi boʻlishga oʻrgatishadi. Balki aynan shu sababli xitoyliklar jahonning koʻplab ilgʻor sohalarda birinchilikni egallab kelishmoqda.